Germaniya kansleri Fridrix Merts Eron rahbariyati AQShni «kamsitayotgani» va Vashingtonning mojarodan chiqish strategiyasi yo‘qligini aytdi.
Merts Marsberg shahridagi maktab tashrifi chog‘ida eronliklar kutilganidan kuchliroq ekanini, amerikaliklar esa muzokaralarda ishonarli strategiyaga ega emasligini ta’kidladi.
«Bunday mojarolardagi muammo shundaki, siz nafaqat kirishingiz, balki chiqishingiz ham kerak. Buni Afg‘onistonda 20 yil davomida, Iroqda ko‘rdik. Hozirda amerikaliklar qanday strategik chiqish yo‘lini tanlashini ko‘rmayapman», dedi u.
Kansler Eronning «butun bir xalqni, ayniqsa, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi orqali kamsitayotganini» qo‘shimcha qildi.
Merts Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyat Germaniya iqtisodiyotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini aytdi: «Bu mojaro, Eronga qarshi urush bizning iqtisodiy mahsulotimizga bevosita ta’sir qilmoqda».
Germaniya Hormuz bo‘g‘ozida minalarni tozalash uchun kemalar jo‘natish taklifini saqlab qolmoqda, biroq buning uchun avval harbiy harakatlar to‘xtatilishi kerak.
Source: www.dw.com