Samarqand shahrida 23-24 mart kunlari birinchi marta "Sharq Taomlari" gastronomik festivali bo‘lib o‘tadi. Bu tadbirda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan 100 dan ortiq oshpazlar ishtirok etib, sharq oshxonasining boyligi va xilma-xilligini namoyish etadi.
Festivalning birinchi kuni Alisher Navoiy ko‘chasida xalqaro oshpazlar ishtirokida o‘tkaziladi. Turli davlatlardan kelgan mutaxassislar o‘z milliy taomlarini taqdim etish va ularni tayyorlash jarayonini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ikkinchi kuni esa "Samarqand Ta‘mi" festivali bo‘lib, mahalliy oshpazlar mehmonlarni an‘anaviy samarqand oshxonasi va o‘zbek milliy taomlarining eng yaxshi namunalari bilan tanishtiradilar. Ikki kun davomida 100 dan ortiq oshpaz ishtirok etadigan oshpazlik musobaqalari, 50 dan ortiq noyob taomlar tayyorlash, shuningdek, professional oshpazlar tomonidan master-klasslar va turli mamlakatlar taomlarini tayyorlash namoyishlari tashkil etiladi.
Gastronomik dasturdan tashqari, mehmonlar hunarmandchilik buyumlari va sharq shirinliklari ko‘rgazmalari, madaniy-ko‘ngilochar kontsertlar bilan ham taʼminlanadi. Oshpazlik musobaqalari ishtirokchilari uchun maxsus mukofotlar belgilangan.
Tadbir sharq gastronomiyasi anʼanalarini ommalashtirish, noyob oshpazlik madaniyatini namoyish qilish, shuningdek, gastronomik turizmni rivojlantirish va mamlakatga sayyohlarni jalb qilishga qaratilgan. Festival gastronomiya muxlislari va sharq madaniyati bilan qiziqadiganlar uchun yorqin voqea bo‘lishi kutilmoqda.
Source: podrobno.uz