Huquq-tartibot idoralari Buxoro viloyatida o‘z kompaniyasiga tegishli bo‘lgan 3,8 gektar yer uchastkasini 700 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan tadbirkorni ushladi. Erkak 58 ming dollar miqdoridagi avansni olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan, deb xabar beradi Podrobno.uz muxbiri.
Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, yer uchastkasi noturar joy fondiga tegishli bo‘lib, maydoni 3,8 gektarni tashkil qiladi. Gumonlanuvchi xaridorga qo‘shimcha 8 ming dollar evaziga kottej qurish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Buning uchun u Buxoro viloyati Qurilish bosh boshqarmasidagi tanishlaridan foydalanishni rejalashtirgan.
Tezkor tadbirga “xaridor”ning yer resurslarini o‘g‘irlashga qarshi kurash bo‘limiga murojaati sabab bo‘lgan.
Avvalroq Samarqand viloyatida 46 yoshli erkak fermer xo‘jaligiga tegishli 5,1 gektar sug‘oriladigan yerni sotishni va’da qilib, 30 ming dollar miqdoridagi pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan edi.
Source: podrobno.uz