Toshkent shahrida yuk poyezdi 22 yoshli piyodani urib ketishi oqibatida u halok bo‘ldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Hodisa 25-aprel kuni tungi soat 02:00 larda Jaloyir-Sergeli temir yo‘l bekatlari oralig‘ida sodir bo‘lgan. Temir yo‘l xodimining aytishicha, hodisa tungi navbatchilik vaqtida ro‘y bergan.
Poyezd harakati oldidan signal berilgan va o‘tish joyi yopilgan. Shunga qaramasdan, poyezd haydovchisi yo‘lda taxminan 500 metr oldinda odamni ko‘rib qolganini, ammo to‘xtay olmaganini va oyog‘ini bosib ketganini bildirgan.
Xodimning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanuvchi temir yo‘lda yotgan holatda bo‘lgan. “Ichgan ekan, uxlab qolgan ekan deb eshitdik”, — dedi temir yo‘l xodimi.
Hodisa joyiga tez orada huquqni muhofaza qiluvchi organlar yetib kelgan. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Source: www.gazeta.uz