Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Samarqand shahrida turizm sohasidagi global tendensiyalar va mintaqaviy hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon va boshqa davlatlardan 200 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etdi.

Konferensiya davomida ishtirokchilar turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi mavzularni muhokama qildilar. Xususan, O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari mamlakatda 2025-yilgacha turizm sohasida 1,5 milliard dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.

Konferensiya yakunida qatnashchilar Samarqandning tarixiy obidalari, jumladan, Registon maydoni va Shohizinda majmuasiga tashrif buyurishdi. Tadbir tashkilotchilari bunday uchrashuvlar mintaqaviy turizm aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Source: uznews.uz