Toshkentda temir yo‘l halokati yuz berdi. 25 aprel kuni soat 02:00 atrofida “Jaloyir” va “Sergeli” stansiyalari oralig‘ida yuk poyezdi 22 yoshli yigitni urib yubordi.
Mashinist yo‘lda odamni ko‘rib, favqulodda tormoz bosgan, ammo poyezdning katta massasi va inertsiya tufayli to‘qnashuvning oldini olishning iloji bo‘lmagan. Jabrlanuvchi olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Temir yo‘l o‘tish joyidagi navbatchining so‘zlariga ko‘ra, poyezdning favqulodda to‘xtashi postdan bir necha yuz metr narida, relslarda odam borligi haqida xabar kelgandan so‘ng sodir bo‘lgan. Hodisa joyiga huquq-tartibot va favqulodda xizmat xodimlari tezda yetib kelgan.
Toshkent transport prokuraturasi tomonidan ushbu fakt yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Tekshiruv davomida yigitning tungi vaqtda temir yo‘l izlarida bo‘lish sabablari, shuningdek, uning mast holatda bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlar tekshirilmoqda.
Source: podrobno.uz