Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Navoiy viloyati Karmana tumanida 22 aprel kuni soat 21:00 atrofida og‘ir yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. “Malik” mahallasi hududida harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan.

Avtomobilda 22-umumta’lim maktabining 9- va 11-sinf o‘quvchilari bo‘lgan. Natijada 9-sinf o‘quvchisi I.X. shifoxonada vafot etgan, 11-sinf o‘quvchisi esa tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Avtomobil butunlay vayron bo‘lgan.

Viloyat IIB YHXB matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa yuzasidan yuqori sinf o‘quvchilari bilan tushuntirish uchrashuvi o‘tkazilgan.

Kun.uz’ning aniqlik kiritishicha, avtomobil kasalxonaga yotqizilgan o‘quvchining otasiga tegishli bo‘lgan. Biroq u boshqaruvni vafot etgan do‘stiga berganini aytmoqda. Aynan kim rulda bo‘lganini aniqlash uchun ekspertiza tayinlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiyda besh kishi halok bo‘lgan YTH sodir bo‘lgan edi.

Source: kun.uz