Toshkent viloyati Ohangaron tumanida 2011-yilda tug‘ilgan qizga nisbatan g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘z kuzatuvini boshlaganini ma’lum qildi.
Ombudsman xabariga ko‘ra, voyaga yetmaganning manfaatlari himoya qilinadi va qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq taqdim etiladi. Shu bilan birga, IIB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan, Ohangaron shahar prokuraturasi esa tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.
Toshkent viloyati IIBB PPX xodimining 14 yoshli qizga shilqimlik qilgani haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmaganini bildirdi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, hodisa 27-aprel kuni soat 00:40 atrofida sodir bo‘lgan.
PPX xodimiga uning tanishi, 22 yoshli A.K. ismli ayol qo‘ng‘iroq qilib, maslahat so‘ragan. Xodim yetib borganda, A.K. va uning 14 yoshli tanish qizi mashinaga o‘tirgan. Shu paytda videomurojaat yozgan 18 yoshli A.X. to‘rt nafar tanishi bilan kelib, xodimni haqorat qilib, janjal boshlagan. IIBB qayd etishicha, A.X. 14 yoshli qizning qarindoshi emas.
Source: www.gazeta.uz