Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Bugun, 29 aprel kuni, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda kuchli yong‘in sodir bo‘lgani haqida videolar tarqaldi. Guvohlarning xabar berishicha, shaharning turli nuqtalaridan qalin tutun ustuni ko‘rinib turgan.

Dastlab yong‘in Bektenir tumanida sodir bo‘lgan deb taxmin qilingan bo‘lsa-da, poytaxt Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi hodisaning aniq joylashuvini ma’lum qildi. Yong‘in Yashnobod tumanidagi Toshkent halqa yo‘lida joylashgan omborxonada ro‘y bergan.

Toshkent shahar FVV matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in haqidagi xabar soat 17:05 da kelib tushgan. Birinchi o‘t o‘chirish ekipajlari voqea joyiga atigi uch daqiqada – soat 17:08 da yetib kelgan. Hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Idora ta’kidlashicha, vaziyat poytaxt FVV tomonidan to‘liq nazorat qilinmoqda. Yong‘in maydoni va yuzaga kelish sabablari haqidagi ma’lumotlar keyinroq aniqlashtiriladi.

Source: podrobno.uz