Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan avtotransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilish tartibi belgilandi.

Yangi tartibga ko‘ra, haydovchilar my.gov.uz portali, YHXX maxsus mobil ilovasi yoki davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat yuborishi mumkin.

Murojaat jarayonida fuqaroning ma’lumotlari hamda transport vositasini ushlab turish sabablari bartaraf etilgani avtomatlashtirilgan tizim orqali tekshiriladi.

Agar qoidabuzarlik bartaraf etilgan bo‘lsa yoki ma’muriy ish bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilingan bo‘lsa, murojaatchiga 1 ish kuni ichida avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqishga ruxsat beruvchi xabarnoma yuboriladi.

Mazkur yangilik haydovchilarga qulaylik yaratish, ortiqcha vaqt sarfini kamaytirish va davlat xizmatlarini raqamlashtirishga xizmat qiladi.

Source: www.gazeta.uz