Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Angliyaning “Brighton” futbol klubi o‘zining ayollar jamoasi uchun maxsus stadion qurish rejasini e’lon qildi. Loyiha qiymati 75–80 million dollarni tashkil etadi.

Klub ayollar futbolini rivojlantirishga sarmoya kiritmoqda va Yevropada birinchi ixtisoslashtirilgan arenani ochishni rejalashtirmoqda. Stadionning har bir detali, kiyinish xonalaridan vestibyulgacha, sportchi ayollarning ehtiyojlariga moslashtiriladi.

“Brighton” prezidenti va egasi Toni Blum ayollar futboliga qiziqish tez o‘sib borayotganini ta’kidlab, yangi stadion jamoa mavqeini mustahkamlashda muhim qadam bo‘lishini aytdi.

“Bu ayollar futbol klubining uzoq muddatli kelajagiga jiddiy sarmoyadir. Yangi arena qurilishi katta ahamiyatga ega va mahalliy aholi orasida sportni rivojlantirishga, muxlislar bazasini kengaytirishga yordam beradi”, dedi Blum.

10 ming tomoshabinga mo‘ljallangan stadion 2025-yilda klub tomonidan sotib olingan yer uchastkasida quriladi. Qurilish 2030-yilda yakunlanishi kutilmoqda.

Klubda bu tashabbus Yevropa futboli uchun noyob ekani va ayollar jamoalari rivojlanishida yangi standart o‘rnatishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Yangi Toshkentda 2027-yilgi yoshlar jahon chempionati uchun 55 ming tomoshabinga mo‘ljallangan 100 million dollarlik stadion qurilmoqda.

Source: podrobno.uz