Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Avtomobil sotib olgandan so‘ng, egasi 10 kun ichida uni notariusda rasmiylashtirib, GAIda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. Muddatni buzish va OSAGO sug‘urtasisiz haydash uchun alohida jarimalar mavjud.

Ikkinchi qo‘l avtomobilni rasmiylashtirish taxminan 6,5–7 million so‘mga tushadi: notarius va GAI xizmatlari. Dilerdan yangi mashina sotib olganda notarius talab qilinmaydi, elektromobilni ro‘yxatdan o‘tkazish esa benzinli avtomobilga nisbatan deyarli ikki baravar arzon.

Avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘rt bosqichdan iborat: notariusda shartnoma tuzish (agar jismoniy shaxslar o‘rtasida sotilgan bo‘lsa), GAIga ariza topshirish, texnik ko‘rikdan o‘tish va hujjatlarni olish. Notarius talab qilinmaydigan holatlar: dilerdan yangi avtomobil sotib olish, meros yoki sud qarori asosida olish.

Notarius xizmatlari narxi: davlat boji 105 000 so‘m, yagona notarial byuro xizmati 105 000 so‘m, notariusning huquqiy-texnik xizmati 105 000 so‘m, majburiy to‘lov (PF) 105 000 so‘m, ixtiyoriy to‘lov 105 000 so‘m. Jami: 525 000 so‘m.

GAIda ro‘yxatdan o‘tkazish narxi: benzinli yengil avtomobil uchun 5 372 480 so‘m (shu jumladan: davlat boji 412 000 so‘m, plastik raqam 400 000 so‘m, texnik ko‘rik 150 000 so‘m, yig‘im 4 410 480 so‘m). Elektromobil uchun: 3 172 400 so‘m (davlat boji 412 000 so‘m, plastik raqam 400 000 so‘m, texnik ko‘rik 150 000 so‘m, yig‘im 2 210 400 so‘m).

Ariza my.gov.uz portali orqali onlayn topshiriladi. GAIga shaxsan kelish faqat texnik ko‘rik va hujjatlarni olish uchun zarur. Agar ariza to‘g‘ri to‘ldirilmasa yoki hujjatlarda muammo bo‘lsa, GAI ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishi mumkin. Rad etish sabablari: soxta hujjatlar, avtomobilning o‘g‘irlanganligi, texnik nosozliklar, oldingi egasining qarzlari.

OSAGO sug‘urtasi barcha avtomobil egalari uchun majburiy. Sug‘urtasiz haydash uchun jarima 1/2 BHV (206 000 so‘m) miqdorida belgilangan.

Source: kun.uz