Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Dushanba kunduzi respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida beqaror ob-havo sharoiti saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati +23…+26 daraja bo‘ladi. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi va harorat +27…+32 darajagacha ko‘tariladi.

5−7-may kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 5−8-may kunlari harorat asta-sekin kechalari +17…+20 darajagacha, kunduz kunlari +32…+35 darajagacha, janubda +38 darajagacha ko‘tariladi.

8-mayda respublikaning ayrim joylarida, janubiy va sharqiy viloyatlardan tashqari, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

6−7-may kunlari shamolda va cho‘l hududlarda, 8-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 4−5-may va 8-may kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. 4-mayda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat dushanba kunduzi +24…+26 daraja bo‘ladi, 5−8-mayda asta-sekin +30…+35 darajagacha ko‘tariladi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi, 8-mayda shamol tezligi 10−12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Source: www.gazeta.uz