Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda ekologiya sohasida huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanktsiyalar joriy etildi, deb xabar beradi «Huquqiy axborot» kanali.

2026-yil 4-maydagi ZRU-1143-sonli Qonun bilan kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanktsiyalar qo‘llanilishi belgilandi.

Daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlarini o‘tkazish tartibini buzganlik uchun yuridik shaxslarga atrof-muhitga yetkazilgan zararning uch baravari miqdorida jarima shaklida moliyaviy sanktsiyalar qo‘llaniladi.

Suvni ifloslantirish, shuningdek, suv ob’ektlariga oqava suvlarni tashlash shartlariga qo‘yilgan talablarni buzganlik uchun yuridik shaxslarga atrof-muhitni ifloslantirish uchun kompensatsiya to‘lovining o‘n baravari miqdorida jarima shaklida moliyaviy sanktsiyalar qo‘llaniladi.

Yuridik shaxsga tegishli yoki unga biriktirilgan hududdagi daraxtlarni muhofaza qilish va saqlash bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilgan choralarni ko‘rmaganlik uchun yuridik shaxslarga atrof-muhitga yetkazilgan zararning besh baravari miqdorida jarima shaklida moliyaviy sanktsiyalar qo‘llaniladi.

Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Source: kun.uz