O‘zbekiston, Toshkent – AN Podrobno.uz. Paxtachilik seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining fiziologya va biokimyo laboratoriyasi mudiri Saidakbar Rahmonqulov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.
Tegishli farmonni Prezident Shavkat Mirziyoyev imzoladi.
Davlat mukofoti olimga 90 yilligi munosabati bilan, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati uchun berildi. Hujjat matnida uning paxtachilikni innovatsiyalar va zamonaviy fan yutuqlari asosida rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, jumladan, yangi navlar yaratish, tuproq unumdorligini oshirish va sifatli hosil olish bo‘yicha tadqiqotlari alohida qayd etilgan.
Ilmiy faoliyatidan tashqari, mukofot Saidakbar Rahmonqulovning yosh va iqtidorli kadrlarni tayyorlashdagi xizmatlarini ham ta’kidlaydi. Olim ko‘p yillar davomida yosh avlodni vatanga muhabbat va o‘z ishiga sadoqat ruhida tarbiyalash bo‘yicha faol ish olib bormoqda.
Source: podrobno.uz