Mirtemir taxallusi bilan ijod qilgan Mirtemir Tursunmuhammad o‘g‘li 1910-yil 30-mayda Turkiston shahrining Iqon qishlog‘ida tug‘ilgan. U 1919−1920-yillari eski maktabda, 1920−1923-yillarda esa Toshkentdagi Almaiy nomli namuna ish maktabida o‘qigan. 1925−1929-yillarda ta’limni O‘zbek erlar bilim yurtida davom ettirgan.
O‘qish payti — 1928-yilda ilk she’riy to‘plami “Shu’lalar qo‘ynida”ni taqdim qilgan. 1929−1939-yillarda “Zafar”, “Qaynashlarim”, “Bong” (1932) kabi kitoblari chiqqan. Shuningdek, “Barot”, “Xidir” va “Dilkusho”dan tashqari, “Suv qizi”, “Ko‘zi” va “Surat” kabi asarlarni ham yozgan.
Mirtemir qirg‘iz xalq eposi “Manas”ni, Pushkin, Nekrasov, Abay, Maxtumquli hamda Berdaqning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. U 1978-yil 25-yanvarda hayotdan ko‘z yumgan. Vafotidan keyin — 2002-yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
Sana munosabati bilan Gazeta Mirtemir Tursunovning she’rlari asosida test tayyorladi.
Source: www.gazeta.uz