O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabovning tug‘ilgan kuni ba’zi manbalarda 30-may, ba’zilarida esa 30-mart sifatida qayd etilgan. U 1949-yilda Toshkent shahrida dunyoga kelgan.
1971-yilda Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik instituti (hozirgi Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at instituti)ning aktyorlik fakultetini tamomlagan. “Yosh gvardiya” — hozirgi O‘zbek davlat drama teatrida bir muddat faoliyat yuritgan.
Aktyor kinoga 1973-yilda “Olovli sohil” filmidagi roli orqali kirib kelgan. 1977-yilda “Ajoyib hayolparast”, 1978-yilda “To‘ylar muborak”, 1977−1984-yillarda esa “Olovli yo‘llar”da suratga tushgan. 1990-yili “Tangalik bolalar” va “Temir xotin”, 1991-yilda “Temir erkak”, 1998-yilda esa “Kichkina tabib” va boshqa ko‘plab filmlarda rol ijro qilgan.
Murod Rajabov 2023-yilda, 74 yoshida vafot etgan. Sana munosabati bilan Gazeta “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibining filmlari asosida test tayyorladi.
Source: www.gazeta.uz