Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

20th Century Fox kinokompaniyasi 1935-yil 31-mayda Fox Film Corporation va Twentieth Century Pictures kompaniyalarining birlashuvi natijasida tashkil topgan. Bu birlashma o‘z davrining eng yirik media hodisalaridan biri bo‘lib, studiyaga kuchli boshlanish berdi.

2019-yilda kompaniya Disney tarkibiga o‘tdi va 2020-yilda nomidagi Fox so‘zi olib tashlandi. Shu tariqa, mustaqil studiya sifatidagi faoliyati yakunlandi, ammo merosi saqlanib qoldi.

Studiya arsenalidan “Yulduz janglari”, “Muzlik davri”, “Avatar” hamda “Maymunlar sayyorasi” singari franshizalar va boshqa ko‘plab mashhur kinoyu multfilmlar o‘rin olgan. Bu filmlar butun dunyoda millionlab tomoshabinlarni yig‘di.

Sana munosabati bilan Gazeta 20th Century Fox kinokompaniyasi ishtirokida yaratilgan (jumladan kompaniya distribyutorlik qilgan) kino va multfilmlar asosida test tayyorladi. Testda ishtirok etib, o‘z bilimingizni sinab ko‘rishingiz mumkin.

Source: www.gazeta.uz