Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Anjelina Joli 1975-yil 4-iyunda AQShning Los-Anjeles shahrida dunyoga kelgan. U bolaligidanoq kinoga qiziqib, ilk bor 1982-yilda “Chiqish yo‘lini izlab” filmida suratga tushgan.

Professional faoliyatini 1993-yilda “Kiborg-2” filmidan boshlagan aktrisa, 1995-yilda “Hakkerlar” filmida birinchi marta bosh qahramon rolini ijro etgan.

1999-yilda “Uzilgan hayot” filmidagi roli uchun “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa” nominatsiyasida “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan.

2001-yilda “Lara Kroft” obrazi bilan mashhurlikka erishgan Joli, 2005-yilda “Janob Smit va Smit xonim” filmida suratga tushgan. Shuningdek, “O‘ta xavfli”, “Turist”, “Solt”, “Malefisenta” va “Mariya” kabi filmlarda muvaffaqiyat qozongan.

Tug‘ilgan kuni munosabati bilan Gazeta aktrisa ishtirokidagi filmlar asosida maxsus test tayyorladi.

Source: www.gazeta.uz