Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Germaniyada «Tinch soat» (Quiet Hour) tashabbusi kengayib bormoqda. Iyun oyi boshidan beri IKEA do‘konlari har chorshanba kuni soat 17:00 dan 19:00 gacha musiqani o‘chirib, yorug‘likni pasaytirib, e’lonlarni to‘xtatmoqda. Bu, ayniqsa, ko‘rinmaydigan nogironligi bo‘lgan odamlar uchun mo‘ljallangan.

Gemeinsam Zusammen uyushmasi matbuot kotibi Rebekka Lefevrning aytishicha, «Tinch soat» asab tizimi doimiy ravishda haddan tashqari yuklangan odamlarga yengillik berish uchun kerak. «Biz ularga kam stimulli dam olish daqiqalarini taqdim etmoqchimiz», deydi u.

Tashabbus asoschisi — avtistik farzandi bo‘lgan yangi zelandiyalik Teo Xogg. U 2019-yilda supermarketlar tarmog‘ida «Tinch soat»ni joriy qilgan. Germaniyada esa 2023-yildan boshlab o‘zining inklyuziv dasturi ishlamoqda.

Hozirda EDEKA va REWE kabi supermarketlar, kinoteatrlar, basseynlar va muzeylar qatnashmoqda. Masalan, Diezdagi REWE do‘koni har chorshanba kuni soat 15:00 dan 16:00 gacha yorug‘likni pasaytiradi, kassa signallarini o‘chiradi va tovarlarni joylashtirishni kechiktiradi.

Myunster shahar muzeyi oyiga bir marta seshanba kuni soat 16:00 dan 18:00 gacha «Tinch soat» yo‘nalishi bo‘yicha ekskursiyalar o‘tkazadi. Muzey rahbari Axel Shollmayerning aytishicha, odamlar bu imkoniyatdan foydalanmoqda.

Kasseldagi ixtisoslashgan bog‘dorchilik do‘koni egasi Frank Rode esa doimiy ravishda «Tinch soat»ni qo‘llaydi: «Bizda hech qachon musiqa bo‘lmagan, mijozlar bilan tinchgina gaplashamiz», deydi u.

Rebekka Lefevrning ta’kidlashicha, «Tinch soat» nafaqat nogironlar, balki barcha odamlar uchun foydali, chunki Germaniya haddan tashqari stimullash mamlakatidir. Biroq, u «yoqimli tinchlik» va «ijtimoiy hayotdan chetlatadigan og‘riqli ortiqcha yuklanish» o‘rtasidagi farqni eslatib o‘tadi.

Source: www.dw.com