Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

“Asl Baraka” brendi “Mehr uchun vaqt toping” – “Yaqinlaringizga vaqt ajrating” shiori ostida ijodiy tanlov o‘tkazdi. Loyiha 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mehr, g‘amxo‘rlik va yaqinlarga e’tibor kabi tushunchalarni o‘z rasmlarida ifodalash imkonini berdi.

Tanlov davomida Telegram-bot va brendning boshqa kanallari orqali 300 dan ortiq ish qabul qilindi. Saralashdan so‘ng loyihaga 252 ta rasm kiritildi, ulardan 20 tasi finalga chiqdi, 5 ta g‘olib asari esa “Asl Baraka” bolalar mahsulotlari qadoqlarida o‘z aksini topdi.

Taqdirlash marosimidan so‘ng loyiha raqamli va oflayn formatda davom ettirildi: barcha rasmlar mehrnima.uz saytida to‘plandi va ochiq shahar ko‘rgazmasida namoyish etildi.

“Asl Baraka” jamoasi uchun faqat g‘olib rasmlarni ko‘rsatish emas, balki ishtirok etgan har bir bolaning ijodini keng jamoatchilikka yetkazish muhim edi. Bu esa loyihaning asosiy maqsadlaridan biriga aylandi.

Ushbu tashabbus bolalarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. “Mehr uchun vaqt toping” loyihasi orqali brend nafaqat mahsulot sifatiga, balki jamiyatda mehr-muruvvat muhitini shakllantirishga ham hissa qo‘shmoqda.

Source: uznews.uz