Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida 19-sentabrdan 4-oktabrgacha bo'lib o'tayotgan XX yozgi Osiyo o'yinlarida O'zbekiston sharafini 396 nafar sportchi 42 sport turi bo'yicha himoya qilmoqda.

O'yinlarning birinchi haftasida, 25-sentabr holatiga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 31 ta medalni qo'lga kiritdi: 7 oltin, 15 kumush va 9 bronza. Umumiy medallar hisobida O'zbekiston 5-o'rinni egallab turibdi.

20-sentabr kuni karate bo'yicha 55 kg vazn toifasida ishtirok etgan Humoyunmirzo Xalimov kumush medalni qo'lga kiritib, terma jamoa hisobini ochdi.

21-sentabr kuni aralash jang san'ati (MMA) bo'yicha 71 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nodirbek Shavkatov bronza medalini qo'lga kiritdi. Shu kuni karatechi Abdulvahob Rashidov 67 kg vazn toifasida raqibini mag'lub etib, O'zbekistonga birinchi oltin medalni taqdim etdi.

22-sentabr kuni MMA bo'yicha 60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Firdavs Atamuradov va an'anaviy yo'nalishda 60 kg vazn toifasida Hilola Sobirova kumush medalni qo'lga kiritdi. Shu kuni ushu bo'yicha ko'rgazmali dasturda Darya Latisheva yana bir kumush medalni qo'lga kiritdi. Bu medal sportchining faoliyatidagi uchinchi Osiyo o'yinlari medali bo'ldi.

23-sentabr kuni ushuchilar Saydullo Abdurashidov (sanda, 56 kg) va Doniyor Turg'unboev (75 kg) bronza medalini qo'lga kiritdi. Polina Volobueva ayollar o'rtasida rapira bo'yicha individual musobaqalarda bronza medalini qo'lga kiritdi. Abubakr Iminjanov va Farrux Mirhamidov kiber sport bo'yicha eFootball disiplinasida yarim finalga chiqib, bronza medalini qo'lga kiritib, O'zbekiston uchun tarixiy medalni taqdim etdi.

24-sentabr kuni O'zbekiston 5 oltin, 8 kumush va 3 bronza medalini qo'lga kiritdi. Shohsanam Sherzodova ayollar o'rtasida kanoeda 200 metr masofada barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Akademik eshkak eshish bo'yicha erkaklar LM2x dasturida Shahzodbek Nurmatov va Sobir Safaraliev birinchi bo'lib marra chizig'ini kesib o'tib, yana bir oltin medalni taqdim etdi. Vladimir Svechnikov Xitoylik raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Sport gimnastikasi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakili O'tkirbek Jo'raev Osiyo o'yinlari chempioni bo'ldi. Yengil atletikachi Sharifa Davronova ikkinchi marta Osiyo o'yinlari chempioni bo'ldi. Uch hatlab sakrashda u 14,35 metr natija ko'rsatib, oltin medalni qo'lga kiritdi.

Akademik eshkak eshish bo'yicha erkaklar yakkalik (M1x) Shahboz Xolmurzaev va ayollar yakkalik Anna Prakaten kumush medalni qo'lga kiritdi. Mehrоjbek Mamatqulov va Pavel Sorin dueti, Anna Aksyonova, Mariya Sergeeva, Rayhona Sattorova va Aydana Smetullaeva W4 dasturida kumush medalni qo'lga kiritdi. Ayollar W2- dasturida Aydana Smetullaeva va Anna Aksyonova, erkaklar M4- dasturida Dilshod Xudoyberdiev, Fazliddin Karimov, Alisher Turdiev va Maksim Golubev kumush medalni qo'lga kiritdi. Kanoeda Artur Guliev va Vladlen Denisov 500 metr masofada ikkinchi o'rinni egallab, kumush medalni qo'lga kiritdi. Qilichboz Zaynab Dayibekova kumush medalni qo'lga kiritdi. M4x dasturida Shahboz Xolmurzaev, Davrjon Davronov, Mehrоjbek Mamatqulov va Pavel Sorin 5:48,96 natija ko'rsatib, bronza medalini qo'lga kiritdi. Ayollar baydarkada 500 metr masofada Arina Tanatmisheva va Ekaterina Shubina uchinchi bo'lib, bronza medalini qo'lga kiritdi. Erkaklar M2- finalida Maksim Golubev va Alisher Turdiev 6:32,34 natija ko'rsatib, uchinchi o'rinni egalladi.

25-sentabr kuni O'zbekiston 1 oltin, 2 kumush va 1 bronza medalini qo'lga kiritdi. Yengil atletikachi Suhrob Xo'jaev bolg'a uloqtirish bo'yicha Osiyo o'yinlari chempioni bo'ldi. Ikkinchi urinishda sportchi o'zining eng yaxshi natijasi — 74,38 metrni ko'rsatib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Kanoeda Vladlen Denisov o'zining ikkinchi kumush medalini qo'lga kiritdi. 500 metr masofada yakkalik bahslarida o'zbekistonlik ikkinchi bo'lib marraga yetib keldi. Kanoeda C2 dasturida 500 metr masofada Shohsanam Sherzodova va Nilufar Zokirova kumush medalni qo'lga kiritdi. O'zbekiston vakili Rasuljon Abdurahimov parallel bruslar bo'yicha bronza medalini qo'lga kiritdi.

Source: uznews.uz