Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Bashqirdistonning Vavilovo qishlog‘ida 11 yoshli qiz topildi, u hech qanday rasmiy hujjatlarga ega emas – tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi yo‘q va maktabga ham bormaydi. Bu haqda Podrobno.uz xabar berdi.

Telegram kanali Baza ma’lumotlariga ko‘ra, qiz to‘qqiz farzandli oilaning eng kichigi. Onasi farzandning hech qanday ro‘yxatga olinmaganligini yashirmaydi, lekin holatni o‘zgartirishni rejalashtirmaydi. Otasi esa oila bilan birga yashamaydi.

Oilaning kichik uyda yashashi va doimiy daromad manbai yo‘qligi qayd etilgan. Bolalarga faqat qo‘shnilari va ko‘ngillilar yordam berib, kiyim-kechak va oziq-ovqat yetkazib turishadi.

Qo‘shnilar ta’kidlashicha, oilaning o‘smirlari spirtli ichimliklar iste’mol qilishadi, boshqa bolalar bilan tajovuzkor munosabatda bo‘lishadi, haqorat qilishadi, tupurishadi va urishishadi. Mahalliy maktab o‘quvchilari ular bilan bir avtobusda yurishdan qo‘rqishadi. Bu holat uchun mas’uliyatni aholi onaning o‘ziga yuklaydi.

Bu voqea Toshkentning Chilonzor tumanida yaqinda topilgan, taxminan 7-10 kunlik chaqaloq holatini eslatadi. Qizcha faqat o‘ralgan holda topilib, Uchtepa tumanidagi “Ona va bola” kasalxonasiga yotqizilgan.

Source: podrobno.uz