Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifi bilan Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon 26-27 mart kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi. Tashrif doirasida ikki davlat rahbarlari o‘rtasida yuqori darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi, shuningdek, ular raislik qiladigan Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Asosiy e’tibor o‘zbek-tojik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratiladi. Kun tartibida siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish, sanoat hamkorligini chuqurlashtirish, transport aloqalarini oshirish va suv-energetika xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilinadi.

Tomonlar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar, shuningdek, ko‘p tomonlama formatlardagi o‘zaro hamkorlikni muhokama qilishadi. Tashrif natijasida ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash va yangi qo‘shma loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Source: kun.uz