Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida aviaqatnovlar tarmog‘i kengaytirilmoqda. 15 may kuni Uzbekistan Airports kompaniyasida Qirg‘izistonning Asman Airlines aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Toshkent xalqaro aeroportidan Qirg‘izistonning turli shaharlariga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yish rejalari muhokama qilindi. Birinchi bosqichda Toshkent – Tamchi (Issiqko‘l) yo‘nalishi ochilishi kutilmoqda.

Yangi reysni ishga tushirish muddati dastlab 2026 yil 24 iyunga belgilangan. Parvozlar Dash 8-400 samolyotlarida amalga oshiriladi. Keyinchalik, kuzga borib Toshkent – O‘sh, qish mavsumiga esa Toshkent – Qorako‘l yo‘nalishlari ochilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Toshkent – Bishkek yo‘nalishida ham aviaqatnov ochish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Tomonlar mintaqaviy tashishlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdilar.

Xususan, Qirg‘izistondan Andijon, Farg‘ona va Namangan aeroportlariga xalqaro reyslarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Asman Airlines Qirg‘izistonning davlat aviakompaniyasi bo‘lib, Dash 8 Q400 samolyotlarida ichki va xalqaro reyslarni bajaradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi transport aloqalarini muhokama qilgan edi. Ustuvor yo‘nalishlar qatorida Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi ham qayd etilgan.

Source: podrobno.uz