Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Qirg‘izistonning “Do‘stuk” fitosanitar postida O‘zbekistondan olib kirilgan 21 tonna tarvuz partiyasida qoidabuzarlik aniqlandi. Natijada mahsulot qaytarib yuborildi.

28 may kuni Qirg‘iziston o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish va karantin departamenti xodimlari O‘zbekistondan kelgan 21 tonnalik tarvuz partiyasini tekshirdi. Fitosanitar nazorat davomida karantin ostidagi mahsulot qadoqlarida majburiy markirovka yo‘qligi aniqlandi. Bu Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi talablarini buzish hisoblanadi.

Yukni Qirg‘iziston hududiga olib kirish taqiqlandi va mahsulot amaldagi qonunchilikka muvofiq qaytarib yuborildi.

Departamentda ta’kidlashlaricha, nazorat muntazam ravishda olib boriladi. Uning maqsadi – mamlakatning fitosanitar xavfsizligini ta’minlash, ichki bozorni himoya qilish va karantin zararkunandalarining kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik.

Avvalroq Rossiya qishloq xo‘jaligi nazorati xizmati O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berishga go‘yoki cheklovlar kiritilgani haqidagi xabarlarni rad etgan edi. O‘zbekiston va Rossiya tomonlari texnik muzokaralar o‘tkazishga kelishib olgan.

Source: podrobno.uz