Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

MAGATE Bosh direktori Rafael Grossi Financial Times nashriga bergan intervyusida Qozog‘iston Eron urani zaxiralarini saqlash imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Muzokaralar doirasida Eronning 60 foizgacha boyitilgan uran zaxiralari masalasi muhokama qilinmoqda. Grossining ta’kidlashicha, O‘st-Kamenogorskda MAGATEning past boyitilgan uran banki faoliyat yuritadi, u a’zo davlatlarni yadro yoqilg‘isi bilan ta’minlash uchun yaratilgan.

U mavjud infratuzilma, agar tomonlar tegishli kelishuvlarga erishsa, Eron uranini saqlash uchun ishlatilishi mumkinligini aytdi. Grossi o‘tgan hafta uchrashuvda bu masalani Qozog‘iston rahbariyati bilan muhokama qilganini ma’lum qildi.

Source: kun.uz