21-iyun kuni Ostona shahriga tashrifi doirasida O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng yaxshi tilaklarini yetkazdi.
“Qozog‘iston biz uchun shunchaki qo‘shni emas, balki yaqin do‘st, ishonchli strategik hamkor va ittifoqchidir. Janob Qasim-Jomart Kemelovichni samimiy qabuli va ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga sodiqligi uchun minnatdorchilik bildiraman”, — deb yozdi Administratsiya rahbari Telegram-kanalida.
Shuningdek, Qozog‘iston prezidenti Administratsiyasi rahbari Roman Sklyar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar o‘zbek-qozoq hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
“Prezidentlar administratsiyalari o‘rtasida yanada moslashuvchan va samarali hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldik, shunda oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlar izchil amalga oshiriladi”, — ta’kidladi Saida Mirziyoyeva.
Source: uznews.uz