Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Rossiya “Adolatli Rossiya” partiyasi deputatlari Davlat Dumasiga migrantlarning xalqaro bank o‘tkazmalaridan 3% komissiya undirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritdi. Bu haqda partiya rahbari Sergey Mironov ma’lum qildi.

Mironovning so‘zlariga ko‘ra, migrantlarning aksariyati Rossiyada hech qanday soliq to‘lamaydi, biroq mamlakatdan ulkan mablag‘larni chiqarib yuboradi, bu mablag‘lar Markaziy Osiyo davlatlarining rivojlanishiga xizmat qiladi. “Rossiya byudjeti bu oqimdan bir tiyin ham olmaydi – na soliq, na yig‘im. Barcha foydani to‘lov tizimlari va banklar oladi. Bu xayriyani to‘xtatish vaqti keldi”, dedi deputat.

Uning ta’kidlashicha, statistik ma’lumotlar transchegaraviy o‘tkazmalarning asosiy qismi migrantlarga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. O‘tgan yili Qirg‘izistonga rekord darajadagi 3,2 milliard dollar, 2025-yilda esa O‘zbekistonga o‘tkazmalar hajmi 15 milliard dollarga yetgan. “Deputatalar transchegaraviy o‘tkazma summasining 3 foizigacha bo‘lgan majburiy yig‘imni joriy etishni taklif qilmoqda”, dedi u.

“Bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, qonunning qabul qilinishi byudjetga har yili 45 milliard rubldan ortiq qo‘shimcha mablag‘ olib keladi. Bu ortiqcha pul emas deb o‘ylayman. Bir kun kelib ular xazinaga qo‘shimcha tushumga aylanadi, biznes yoki aholi daromadiga emas”, deb xulosa qildi Mironov.

Source: kun.uz