Belarus poytaxti Minskda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrif bilan kelishi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Saroy oldidagi maydonda ikki davlatning davlat bayroqlari osilgan va faxriy qorovul saf tortgan. Shavkat Mirziyoyevni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko iliq kutib oldi.
Davlat madhiyalari yangradi. Rahbarlar faxriy qorovul safini aylanib chiqib, rasmiy delegatsiyalar a’zolari bilan salomlashdilar.
Birgalikda suratga tushgandan so‘ng, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Source: uznews.uz