Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

15 iyul kuni soat 11:16 da Qirg‘iziston hududida 3,0 magnitudali zilzila qayd etildi. Respublika seysmologik monitoring markazi ma’lumotlariga ko‘ra, epitsentr Batken viloyatida, 5 km chuqurlikda joylashgan.

Yer silkinishlari O‘zbekiston hududida ham sezildi. Farg‘ona tumanida ularning intensivligi 2–3 ballni tashkil etdi. Epitsentrdan Toshkentgacha bo‘lgan masofa 265 km janubi-sharqda.

Seysmologlar ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentrining koordinatalari 39,89° shimoliy kenglik va 71,78° sharqiy uzunlikdir.

Source: kun.uz