Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 22 iyul kuni Yerali Tug‘jonovni O‘zbekistondagi yangi elchi etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Yerali Tug‘jonov 2022 yildan beri bu lavozimda ishlab kelgan Beybut Atamqulovning o‘rnini egalladi.
Yerali Tug‘jonov 1963 yil 13 mayda G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida tug‘ilgan. Qarag‘andi davlat universiteti va Qozog‘iston Fanlar akademiyasining Davlat va huquq institutini huquqshunoslik ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1980 yilda boshlagan. Turli yillarda o‘qituvchi, ta’lim sohasida rahbar lavozimlarida ishlagan, Qarag‘andi viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lgan, Adliya vazirligi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasini boshqargan, Prezident Administratsiyasi va Qozog‘iston xalqi assambleyasida faoliyat yuritgan.
2017–2019 yillarda Mang‘istau viloyati hokimi, keyin Qozog‘iston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi bo‘lgan. 2020–2022 yillarda bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2022 yil avgustidan 2023 yil sentyabrigacha Aqto‘be viloyati hokimi, 2024 yil may oyidan esa Bosh vazir Oljas Bektenovning maslahatchisi bo‘lib ishlagan.
Source: podrobno.uz