Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Tojikiston poytaxtida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi. Ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasiga bosh vazir Abdulla Aripov boshchilik qilmoqda, deya xabar beradi rasmiy manbalar.

Mazkur sammit Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda raisligida o‘tmoqda. Anjuman boshlanishidan avval Tojikiston rahbari Emomali Rahmon delegatsiya rahbarlari, shuningdek, ShHT bosh kotibi Nurlan Ermekbayev va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori Ularbek Sharsheyevni qabul qilgani ma'lum qilindi.

Kun tartibidan davlatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosini tahlil qilish va kelgusidagi vazifalarni belgilash masalalari o‘rin olgan. ShHTga a'zo va kuzatuvchi maqomidagi davlatlar vakillari o‘zaro manfaatli aloqalarni muhokama qilmoqdalar.

Tadbir yakunida qator muhim qo‘shma hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2027 yilda ShHTga a'zo davlatlar bosh prokurorlarining navbatdagi yig‘ilishi aynan O‘zbekistonda o‘tkzilishi haqida ma'lum qilingan edi.

Source: podrobno.uz