Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh-Isroilning Eronga qarshi urushi boshlanganidan to‘qqiz hafta o‘tib, tinch davrda dunyo neft va suyultirilgan gazining 20 foizi tashiladigan Hormuz bo‘g‘ozi global iqtisodiyotning bo‘g‘ziga aylandi.

Bo‘g‘ozning amalda yopilishi butun dunyoda sezilib, global retsessiya qo‘rquvini kuchaytirmoqda. Fors ko‘rfazida 2000 ga yaqin kema tiqilib qolgan, ularning o‘tishiga ruxsat berilmayapti.

AQSh bo‘g‘ozni tozalash olti oy davom etishini ma’lum qildi, chunki u yerda Eron qo‘ygan minalar bor. Dengiz sug‘urtachilari mart oyida “urush xavfi” sug‘urtasini bekor qilgan edi.

Hozirda sug‘urta mukofotlari keskin oshgan: urushdan oldin kema qiymatining 0,25 foizini tashkil etgan bo‘lsa, hozir 5 foizgacha yetgan. Mutaxassislarning fikricha, bo‘g‘oz qayta ochilganda ham xavf yuqori bo‘lib qoladi.

Eron harbiylari 28 fevral kuni Tehronga zarbalar berilganidan so‘ng bo‘g‘ozni yopdi. Oliy Rahbar Oyatulloh Xomaneiy o‘ldirilgan, uning o‘rniga o‘g‘li Mujtabo Xomaneiy kelgan. Tehron bo‘g‘ozdan o‘zining eng kuchli bosim vositasi sifatida foydalangan.

11 aprelda Islomobod bo‘lib o‘tgan AQSh-Eron muzokaralari natija bermadi. Ikki kundan keyin AQSh prezidenti Donald Tramp Eron portlari va Hormuz bo‘g‘ozini dengiz blokadasiga olishini e’lon qildi.

Eron dastlab “do‘st” davlatlar kemalariga o‘tishga ruxsat bergan bo‘lsa, hozir barcha xorijiy kemalar uchun bo‘g‘ozni yopdi. Tehron minalangan hududlar xaritasini e’lon qilib, muqobil yo‘nalish taklif qilgan.

21 aprelda Pentagon Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq tozalash olti oy olishi mumkinligini ma’lum qildi. Tahlilchilar minalarni to‘liq tozalash deyarli imkonsiz vazifaligini ta’kidlamoqda.

Sug‘urta mutaxassislari bo‘g‘ozni xavfsiz deb hisoblash uchun barcha tomonlarning tinchlikka sodiqligi, barqaror sulh va harbiy kafolatlar zarurligini aytmoqda. Hozircha sug‘urta bozori noaniqlik tufayli narxlarni belgilay olmayapti.

Source: www.aljazeera.com