Yevropa Kasalliklarni Oldini Olish va Nazorat Qilish Markazi (ECDC) ma'lumotlariga ko'ra, 2024-yilda jinsiy yo'l bilan yuqadigan infektsiyalar, jumladan gonoreya va sifilis, so'nggi 10 yil ichidagi eng yuqori ko'rsatkichga erishdi.
Gonoreya 106 331 holatga yetib, 2015-yildan beri 303% ga oshgan. Sifilis esa 45 557 holat bilan ikki baravardan ko'proq ko'paygan.
ECDC mutaxassislari bu o'sishni test va profilaktika choralaridagi bo'shliqlar bilan bog'lab, shoshilinch choralar ko'rishga chaqirmoqda.
Agentlikning to'g'ridan-to'g'ri yuqadigan va vaktsina bilan oldini olinadigan kasalliklar bo'limi rahbari Bruno Chiancho: "Bu infektsiyalar surunkali og'riq va bepushtlik kabi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin. Sifilis yurak va asab tizimiga ta'sir qiladi", - dedi.
Tug'ma sifilis holatlari 2023-2024 yillarda deyarli ikki baravar oshgan. Chiancho prezervativlardan foydalanish va testdan o'tish muhimligini ta'kidladi.
Ispaniya 37 169 gonoreya va 11 556 sifilis holati bilan eng yuqori ko'rsatkichga ega. Erkaklar bilan jinsiy aloqada bo'lgan erkaklar eng ko'p zarar ko'rgan guruh bo'lib qolmoqda.
Buyuk Britaniya Brexit sababli tadqiqotda ishtirok etmagan, biroq o'z ma'lumotlariga ko'ra, 2024-yilda Angliyada 71 802 gonoreya va 9 535 sifilis holati qayd etilgan.
Source: www.bbc.com