Pokistonning janubi-g‘arbiy qismidagi Balujiston viloyati poytaxti Kvetta shahrida sodir bo‘lgan portlashda kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi yaralandi.
Ajralib chiqqan Balujiston Ozodlik Armiyasi yakshanba kuni shahardan o‘tayotgan poyezdga uyushtirilgan portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Portlash natijasida bir nechta vagonlar ag‘darilib, yonib ketdi.
Al Jazeera muxbiri Kamol Hayderning xabar berishicha, portlovchi qurilma yaqin atrofdagi avtoturargohga o‘rnatilgan. Temir yo‘lga tutashgan bir qancha uy va binolar jiddiy shikastlangan.
Mahalliy matbuotga ko‘ra, Kvetta shifoxonalarida favqulodda holat e’lon qilinib, shifokorlar va tibbiy xodimlar navbatchilikda qoldirilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda kuygan avtomobillar va ag‘darilgan poyezd vagonlari aks etgan videolar tarqaldi.
Hayderning ta’kidlashicha, Pokiston so‘nggi oylarda ajralib chiqqan guruhlar tomonidan bir necha hujumlarga uchragan. Hujumlar tobora shafqatsiz tus olgan va Balujistondagi Xitoy infratuzilma loyihalariga qarshilik tufayli xitoylik ishchilarni ham nishonga olgan. Xitoy-Pokiston iqtisodiy koridori doirasida Xitoyning Shinjon viloyati Pokistonning Gvadar portiga ulangan.
Source: www.aljazeera.com