Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Tailand hukumati vizasiz kirish va kelganda viza (Visa on Arrival) olish qoidalariga o‘zgartirishlarni ma’qulladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, 2026-yil 15-iyuldan boshlab Tailand 93 davlat, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun amaldagi 60 kunlik vizasiz rejimni bekor qiladi.

Qaror Royal Gazette nashrida rasman e’lon qilinganidan keyin 15 kun o‘tib kuchga kiradi. Nashr kelasi haftada bo‘lishi kutilmoqda.

Kirish ruxsatnomasini olish uchun thaievisa.go.th portali orqali elektron ariza topshirish talab etiladi.

Source: kun.uz