Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Laosning Xaysombun provinsiyasidagi g‘orda qolgan yetti kishidan beshtasi qutqarildi. Qutqaruvchilar suvni chiqarib, g‘orga kirish yo‘lini ochgandan so‘ng, besh kishi o‘z kuchi bilan chiqib kelgan.

Qutqaruv ishlari davomida yana bir kishi bir kun avval yer yuzasiga chiqarilgan edi. Hozirda ikki kishi bedarak yo‘qolgan. Tailand qutqaruv guruhi sahifasi bu haqda ma’lum qildi.

G‘orga o‘tgan hafta qimmatbaho minerallar qidirish uchun kirgan yetti kishi to‘satdan suv toshqini tufayli qamalib qolgan. Bir qishloq aholisi qochib qutulib, hokimiyatni ogohlantirgan.

Qutqaruvchilar murakkab sharoitda ish olib bordi. Laos va Tailand qutqaruv guruhlari, yapon va malayziyalik mutaxassislar bilan birgalikda poytaxt Ventyandan 120 km shimoldagi tog‘li hududda ish olib bordi.

G‘avvoslar qorong‘u, notanish va suv bosgan tor yo‘laklardan o‘tishga majbur bo‘ldi. Besh kishi sog‘lom, ammo suvsizlik va ovqatsizlikdan charchagan holatda topilgan.

Qolgan ikki kishini topish umidi so‘nmoqda, chunki qutqaruvchilar tunnel tizimining 95 foizini tekshirib bo‘lgan. Fin g‘avvosi Mikko Paasi: “Bizda tekshirish uchun ko‘p joy qolmadi”, dedi.

Source: www.dw.com