Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Filippinlarning janubiy qismida magnitudasi 7,8 bo‘lgan kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat oqibatida uch kishi halok bo‘lib, yana to‘rt kishi jarohat oldi.

Mindanao orolining shimoliy va markaziy qismlarida 37 ta bino, jumladan maktablar, shifoxonalar va turar-joy binolari shikastlangan. Ayrim hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Filippin prezidenti Ferdinand Markos kichik Mindanaoning bir qator hududlarida o‘quv muassasalarida darslarni to‘xtatishni buyurdi. U idoralarga oqibatlarni bartaraf etish, gumanitar yordam ko‘rsatish va evakuatsiya markazlari faoliyatini muvofiqlashtirishni topshirdi.

Zilzila epitsentri General-Santos shahridan taxminan 58 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, ushbu shaharda 679 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Asosiy zarbadan keyin ikki soat ichida magnitudasi 4,8 dan 6,5 gacha bo‘lgan kamida o‘n bir aftershok qayd etildi.

Filippin vulkanologiya va seysmologiya instituti Filippin, Indoneziya, Palau, Tayvan va Papua-Yangi Gvineya aholisi uchun tsunami haqida ogohlantirish e’lon qildi. To‘lqinlar balandligi uch metrga yetishi mumkin.

Source: podrobno.uz