Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif AQSh va Eron o‘rtasida “tinchlik kelishuvining yakuniy, kelishilgan matni”ga erishilganini ma’lum qildi. U bu haqda X’dagi postida yozdi.

Sharifning so‘zlariga ko‘ra, Pokiston hozirda ikkala tomon bilan keyingi qadamlarni yakunlash uchun yaqindan hamkorlik qilmoqda. “Tinchlik hech qachon hozirgidek yaqin bo‘lmagan”, dedi u.

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ham kelishuv “hech qachon hozirgidek yaqin” emasligini aytdi va ommaviy axborot vositalarini uning mazmuni haqida mish-mishlar tarqatishdan saqlanishga chaqirdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Aroqchining bayonotini Truth Social’da qayta joyladi. Biroq undan biroz oldin u kelishuvning taxminiy shartlari haqidagi xabarlarni tanqid qildi.

Eronning IRNA agentligi kelishuvning yetti asosiy bandini e’lon qilgan edi. Unda Eron yadro dasturi va Hormuz bo‘g‘izi ustidan nazorat bo‘yicha yangi imtiyozlar berilmagani, biroq Eron aktivlarining bir qismi muzokaradan chiqarilishi aytilgan.

AQSh rasmiysi esa kelishuv Eron yadro dasturini demontaj qilish, yadroviy materiallarni yo‘q qilish va Hormuz bo‘g‘izini qayta ochishni nazarda tutishini ta’kidladi.

AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens hech qanday Eron aktivlari darhol ozod etilmasligini bildirdi. “Kelishuv AQSh va uning ittifoqchilari manfaatlari birinchi o‘rinda turishini ta’minlash uchun tuzilgan”, dedi u.

Source: www.aljazeera.com