Vengriya parlamenti 15-iyun kuni bosh vazir lavozimida bo‘lish muddatini har biri to‘rt yildan ikki muddat bilan cheklovchi konstitutsiyaviy tuzatishni qabul qildi. 135 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan, 50 nafari qarshi ovoz bergan ushbu qaror, mamlakat siyosiy tizimida muhim o‘zgarishlarni anglatadi.
Mazkur norma yangi hukumat rahbari Peter Madyarning saylovoldi va’dalaridan biri bo‘lib, u avval ishlangan muddatlarni ham hisobga olgan holda orqaga qaytuvchi kuchga ega. Shu tariqa, Vengriyani 16 yil davomida boshqargan Viktor Orban hokimiyatga qayta olmaydi.
Tuzatishning o‘zi Peter Madyarning ham bosh vazir lavozimida ikki muddatdan ortiq qolishini cheklaydi. Bu esa unga 2034-yildan keyin hukumatni boshqarish imkonini bermaydi.
Bu Madyar partiyasi tashabbusi bilan konstitutsiyaga kiritilgan ilk o‘zgarishlar hisoblanadi. “Tisa” partiyasi konstitutsiyaviy ko‘pchilikka ega bo‘lib, bu unga asosiy qonunni o‘zgartirish imkonini beradi.
2026-yil aprel oyida Vengriyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tgan edi. Unda Peter Madyar boshchiligidagi “Tisa” partiyasi g‘alaba qozongan. Madyar Viktor Orban o‘rnini egallab, bosh vazir lavozimiga kirishgan.
Source: www.gazeta.uz