Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Eronning Qum viloyati sudi mashhur qo‘shiqchi Parastu Ahmadi va uning ijodiy jamoasidagi 8 nafar musiqachiga 74 darra urish jazosini tayinladi. Sud hujjatlariga ko‘ra, ularga ikki yil davomida chet elga chiqish va ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlangan.

Jazoning sababi, 2024-yilda YouTube’da jonli efirda namoyish etilgan konsertdagi chiqish bo‘lgan. Eron hukumati artistlarni “odobsiz va axloqsiz kontent” yaratish va tarqatish orqali jamoat axloqini haqorat qilishda ayblagan.

29 yoshli qo‘shiqchi dekabr oyida “Az Khoone Javanane Vatan” (“Vatan yoshlari qonidan”) vatanparvarlik qo‘shig‘ini hijobsiz ijro etgan. Ushbu video YouTube’da millionlab ko‘rishlar to‘plagan va tez orada Ahmadi bilan bir qancha musiqachilar qisqa muddatga hibsga olingan.

Eron Inson Huquqlari Markazi direktori Bahor Gandehariy bunday jazo inson huquqlari ahvoli o‘zgarmasligining yana bir eslatmasi ekanini ta’kidladi. Huquq himoyachisi Moin Xazaeliy esa bu hukmning qonuniy asoslari yo‘qligini, chunki ayollarning musiqa ijrosi jinoyat deb hisoblanmasligini aytdi.

Eronlik aktrisa Nazanin Boniadiy islom respublikasining repressiv mashinasi o‘zgarmasligini, Setare Malekiy esa Ahmadi chiqishini muhim qarshilik harakati va Eron ayollari uchun umid ramzi deb atadi.

Source: podrobno.uz