Britaniya Transport politsiyasi juma kuni Londondan taxminan 90 kilometr shimolda joylashgan Bedford shahri yaqinida ikki poyezdning to‘qnashuvi haqida xabar berdi.
Hodisa joyiga shoshilinch xizmatlar, jumladan havo tez yordami ham yuborilgan. Sharqiy Angliya tez yordam xizmati aholini hududdan uzoqroq turishga chaqirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tasdiqlanmagan videolarda East Midlands Railway (EMR) kompaniyasiga tegishli ikki poyezd to‘qnashgani, ulardan biri ikkinchisiga urilgani aks etgan. Poyezdlar relsda tik holatda qolgan.
EMR kompaniyasi London St Pancras va Leicester o‘rtasida favqulodda holat yuz berganini, ammo batafsil ma’lumot bermagan. Britaniya ommaviy axborot vositalari yo‘lovchilar jarohat olganini xabar qilmoqda, biroq rasmiylar jarohatlar darajasi haqida hozircha ma’lumot bermagan.
Source: www.dw.com