Fransiyaning 96 departamentidan 49 tasida qizil (eng yuqori) ob-havo xavfi darajasi e'lon qilindi. Bu haqda milliy meteorologiya xizmati Météo-France ma'lum qildi. Ogohlantirish zonasiga Parij va uning atrofidagi Il-de-Frans mintaqasi ham kiritilgan.
Tarixda birinchi marta bir vaqtning o'zida bunchalik ko'p departamentda qizil xavf darajasi e'lon qilinmoqda. Ayrim hududlarda havo harorati 42 darajaga yetishi mumkin.
"Jazirama issiqlik kelasi haftada ham davom etishi yoki hatto kuchayishi ehtimoli bor", - deya ta'kidlagan sinoptiklar.
Bundan tashqari, 40 departamentda to'q sariq (oldindan oxirgi) xavf darajasi e'lon qilingan. Yana 7 departamentda sariq daraja amal qiladi. Shunday qilib, anormal jazirama tufayli ob-havo xavfi haqidagi ogohlantirishlar Fransiyaning butun Yevropa hududini qamrab olgan.
Avvalroq Fransiya milliy ta'lim vaziri Eduard Jefre jazirama sababli 845 maktab yopilishini ma'lum qilgan edi. Shuningdek, taxminan 1,8 ming o'quv muassasasida dars jadvali o'zgartirilib, o'quvchilar tushgacha darsni tugatib, maktabni tark etishlari mumkin bo'ladi.
Source: kun.uz