Germaniyaning shimoliy qismidagi Ludwigslust shahrida joylashgan kasalxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi va 30 dan ortiq kishi jarohatlandi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in payshanba kuni erta tongda kasalxonaning tom qismida boshlangan. Halok bo‘lganlarning ikkalasi ham kasalxonaning bemorlari bo‘lgan.
Yong‘in sababi hozircha noma’lum. Kasalxonadan ko‘plab bemorlar va xodimlar evakuatsiya qilindi. Kasalxonaning internet sahifasiga ko‘ra, u 160 o‘ringa mo‘ljallangan va shahardagi yagona kasalxona hisoblanadi.
Politsiya jarohatlanganlarning ahvoli haqida dastlab batafsil ma’lumot bera olmadi. Ludwigslust shimoliy-sharqiy Mecklenburg-Vorpommern shtatida, shtat poytaxti Shverindan 40 km janubda joylashgan.
Source: www.dw.com