Interpol ukrainalik ayolni Monakodagi portlashda asosiy gumonlanuvchi sifatida qidiruvga berdi. Portlashda ukrainalik tadbirkor Vadim Yermolayev va uning oila a'zolari jabrlangan.
39 yoshli Anastasiya Berezovskaya Monako tomonidan qotillikka urinish, portlovchi qurilmani jamoat joyiga qo'yish va jinoiy fitna uchun qidirilmoqda. U Interpolning Qizil xabarnomasiga kiritilgan.
Portlash 3 kishini yaralagan, ulardan biri (tadbirkorning sherigi) hali ham og'ir ahvolda. Yermolayev ukrainalik qurilish magnati bo'lib, Rossiya bilan aloqalari tufayli 2023 yilda Ukraina sanksiyasiga uchragan.
Monako prokurori Morgan Raymondning aytishicha, bomba masofadan boshqariladigan qurilma yordamida portlatilgan. Portlovchi qurilmaning qoldiqlari Fransiyada tekshirilmoqda.
Dastlab gumonlanuvchi erkak kishi deb hisoblangan, ammo keyinroq u ayol bo'lib, erkak kiyimida yurgani aniqlangan. Gumonlanuvchi Germaniyada ijaraga olingan kvartirada yashagan va nemis raqamli avtomashinadan foydalangan.
Germaniya politsiyasi ukrainalik ayolning kvartirasi va mashinasini tintuv qilgan, ammo u hozirda qochoqda. Monako shahzodasi Albert II bu hodisani "jirkanch jinoyat" deb atadi.
Source: www.aljazeera.com