Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Janubiy Koreyadagi Gachon universitetining sun'iy intellekt professori Jumabek Alixonov Kun.uz'ga bergan intervyusida AI texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari va ularning mehnat bozoriga ta'siri haqida gapirdi.

Olimning fikricha, hozirgi AI birinchi bosqich – tor ixtisoslashgan sun'iy intellekt (Narrow AI) davri. Bu bosqichda har bir chatbot ma'lum bir sohaga ixtisoslashgan. Keyingi bosqich – AGI (Artificial General Intelligence), ya'ni inson kabi barcha funksiyalarni bajara oladigan AI. Uchinchi bosqich esa Super AI bo'lib, unda sun'iy intellext har bir intellektual funksiyada insondan ustun bo'ladi.

Professor AI dan to'g'ri foydalanish uchun prompt yozish san'atini o'zlashtirish muhimligini ta'kidlaydi. Masalan, ChatGPT ga savol berishda unga qanday rol o'ynashi kerakligini (ekspert, murabbiy yoki do'st) va kontekstni ko'rsatish kerak. Bu role-play deb ataladi va javob sifatini oshiradi.

AI ning asosiy xavflaridan biri – kasblardagi inqilob. AI takrorlanuvchi ishlarni, jumladan jarrohlik operatsiyalarini ham bajarishga qodir. Eng avval oson va qimmat kasblar xavf ostida. Masalan, raqamli formatdagi takrorlanuvchi kasblar tezda o'rnini bosiladi, ammo duradgorlik yoki dala ishlari hozircha xavfsiz.

Professorning ta'kidlashicha, AI davrida qaysi kasblar yo'qolishi emas, balki qaysi odamlar xavf ostida ekanligi muhim. Xavf ostida bo'lganlar – o'z ishining ustasi bo'lmaganlardir.

AI turli sohalarda qo'llanilishi mumkin: ta'limda sifatli o'qituvchilarning auditoriyasini kengaytirish, moliyada raqamli yordamchi orqali to'lovlarni avtomatlashtirish, tibbiyotda tashxis qo'yish va retsept yozishni avtomatlashtirish. Biroq, yakuniy javobgarlik insonda qoladi.

Professor insoniyatni tinchlantiruvchi omil – AI sun'iy ekanligi. U faqat tanamiz bajaradigan ishlarni qila oladi, ammo qalb va ruh bilan bog'liq narsalarni qila olmaydi. Ruhiyatini rivojlantirgan inson AI ni boshqaradi, aks holda undan qo'rqish kerak.

Source: kun.uz