Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Germaniyaning Volkswagen avtokonserni keng ko‘lamli qayta qurish rejasi tufayli xodimlarining noroziliklariga duch keldi. The Guardian ma’lumotlariga ko‘ra, reja Germaniyadagi to‘rtta korxonaga ta’sir qilishi va katta qisqartirishlarga olib kelishi mumkin.

Qayta qurish rejasi Volkswagen rahbari Oliver Blume jamoasi tomonidan tayyorlangan bo‘lib, payshanba kuni birinchi marta kuzatuv kengashi muhokamasiga qo‘yildi.

Nufuzli IG Metall kasaba uyushmasi tomonidan uyushtirilgan namoyishlar kompaniyaning bosh qarorgohi, Audi, Porsche zavodlari, shuningdek, yuk mashinalari va avtobuslar ishlab chiqaruvchi MAN korxonasini qamrab oldi.

Germaniyadagi Gannover, Emden, Tsvikkau va Audi’ning Nekkarzulmdagi zavodi tugatilish xavfi ostida qoldi. Bu kasaba uyushmalari va mahalliy siyosatchilarning jiddiy qarshiligiga, jumladan, ish tashlashlarga olib kelishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Germaniya va O‘zbekiston Volkswagen avtomobillarini Toshkentda yig‘ish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Bu ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va Germaniya investitsiyalarini 2 milliard dollargacha oshirish doirasida amalga oshirilgan.

Source: podrobno.uz