Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Xitoyning janubi-g‘arbiy qismidagi Chongqing shahrida tog‘ ko‘chishi oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyasi xabar berdi.

Hodisa Pekin vaqti bilan juma kuni tushdan keyin Pengshui tumanida sodir bo‘ldi. Qutqaruvchilarning ma’lumotiga ko‘ra, yana 34 kishi bedarak yo‘qolgan.

Hozirda voqea joyida yuzlab qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda. Xavfsizlik maqsadida xavfli hududga yaqin joylardan 1100 dan ortiq odam evakuatsiya qilindi.

Source: podrobno.uz