Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Ispaniya Oliy sudi bir necha kun oldin Afrikaning shimolidagi Seuta va Melilya anklavlariga suzib kelgan muhojirlarni Marokashga qaytarishni taqiqlovchi qaror qabul qilgach, o‘tgan juma kuni deyarli 60 ming kishi Seuta shahriga to‘plandi.

29-iyul kuni Ispaniya sudi suzib kelganlar jismoniy devorni kesib o‘tmaganligi sababli, ularni Marokashga deportatsiya qilishdan oldin qat’iyroq huquqiy tartiblarga rioya qilish kerakligini belgiladi.

Bu qaror internetda tezda “ochiq taklif” sifatida talqin qilindi. Yangi akkauntlar va sahifalar Ispaniya “dengiz orqali kelganlar uchun yo‘l ochganini” va qaytarish endi mumkin emasligini da’vo qildi. Marokash, Afrika va Jazoirdagi kontrabanda tarmoqlari uchta asosiy kanal orqali kampaniyaga qo‘shildi.

Iyun oyi boshida yaratilgan shaxsiy akkauntlar har kuni odamlarni Seutaga dengiz orqali o‘tishga chaqirib, ularni WhatsApp guruhlariga yo‘naltirardi. “Hagra sueta 26” sahifasi Facebookda 38 ming, Instagramda 80 ming obunachiga ega bo‘lib, muvaffaqiyatli suzuvchilarning fotosuratlari va videolarini namoyish etdi.

Mahalliy Facebook guruhlari, xususan “haraga maroc” (12 ming a’zo) odamlarni Seutaga yo‘l olishga undab, marshrutlar haqida amaliy ma’lumot berdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi kontent “orzu”ni va’da qildi: Ispaniyada yoki Yevropada ish yoki turmush qurish.

Kanallar bir-biriga aniq bog‘lanmagan bo‘lsa-da, birgalikda ular odamlar harakatiga aylanib ketdi. Savdogarlar suzish anjomlari va eshkakli qayiqlarni reklama qildi, foydalanuvchilar Marokash qirg‘og‘idagi eng yaxshi boshlanish nuqtalari haqida maslahat berdi.

28-iyulda ommaviy chegara o‘tish harakati avjiga chiqdi. Ispaniya matbuoti Marokash, Jazoir, Tunis, Fransiya va AQShdagi akkauntlar “safarbarlik xabarlari”ni tarqatganini yozdi. Kampaniya markazlashmagan, ammo turli guruhlar rol o‘ynagan.

Ushbu to‘lqinning ramzi Farah ismli yosh marokashlik ayol bo‘ldi. U Fnideqdan Seutadagi Ribera plyajigacha 5 km dan orqoq masofani suzib o‘tdi. Uning fotosurati keng tarqaldi. Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan soxta videolar ham tarqaldi.

Yo‘qolgan yigitlarning fotosuratlari Facebookda tarqaldi. Ispaniya hukumati kamida 67 kishi cho‘kib ketganini ma’lum qildi. Marokash huquq himoyachilari yoshlarning ommaviy qochishini qoralab, hukumatni aybladi.

X’dagi o‘ta o‘ng tarmoq esa bu voqeani Marokashning Ispaniyaga qarshi “javob choralari” sifatida ko‘rsatdi, chunki Ispaniya Isroilning G‘azodagi urushini tanqid qilgan va AQShning Eronga qarshi urushida ishtirok etishdan bosh tortgan. Isroilning BMTdagi elchisi Denni Danon Ispaniyani mustamlakachilikda aybladi.

Bu voqea Marokash va Ispaniya o‘rtasidagi Seuta va Melilya bo‘yicha uzoq davom etgan keskinliklar fonida yuz berdi.

Source: www.aljazeera.com